Vatan sarhadlarini matonat va chinakam mardlik bilan qo’riqlab, yurtimiz osoishtaligini ta’minlashga beminnat xissa qo’shib kelayotgan askarlarimiz hayoti har bir yosh uchun o’rnak vazifasini bajarmoqda.
Farg’ona davlat universitetining Chet tillari fakulteti talabalari "Vatanparvarlikni chinakam e'tiqodga aylantiraylik" shiori ostida Sharqiy harbiy okrugiga qarashli harbiy qismda boʼldilar.
Harbiy qism hayoti bilan yaqindan tanishgan talabalar, mavjud qurol aslahalar, harbiy texnik vositalarni ko'zdan kechirgan holda yurt posbonlari bilan suhbat uyushtirdilar.