Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 446
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

KAMONCHILARIMIZ OSIYO KUBOGI SOVRINDORI

16:19, 27.12.2022      

Kamonchilarimiz Osiyo kubogida sovrindor boʻldilar.

Ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirligining Sharja shahrida kamondan otish boʻyicha Osiyo kubogi bosqichi yakuniga yetdi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan hamyurtlarimiz miks dasturida shohsupaga koʻtarilishdi.

Farg'ona davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Ziyodaxon Abdusattorova hamda Amirxon Sodiqov juftligi dastlab Iroqni 5:1 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.

Hamyurtlarimiz chorak finalda tarkibi turli boʻlsada, mazkur yoʻnalishda Tokio-2020 Olimpiadasida gʻalaba qozongan Koreya Respublikadan 6:2 hisobida ustun kelishdi.

Biroq yarim finalda Xitoy Taipeyi vakillariga 4:5 hisobida imkoniyat boy berildi. Bronza medali uchun kechgan bellashuvda esa Bangladesh 5:3 hisobida magʻlub etildi.