Bolalarni asrash, ularni ijtimoiy himoya qilish, moddiy va ma’naviy hamda psixologik ko’mak berish yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim tamoyillaridan biridir.
“Islohotlar – inson qadri uchun” shiori ostida Farg‘ona davlat universiteti Matematika-informatika fakulteti jamoasi fakultetning faol talabalari bilan birgalikda “Siz har doim bizning e'tiborimizdasiz ” nomli tadbir tashkilladilar.
Tadbir davomida, bayram sovg’alari bilan Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga tashrif buyurdilar va bemor bolalar holidan xabar olish jarayonida ularga yuqori kayfiyat ulashdilar.