Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

“BIR ZIYOLI – BIR MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY”

02:28, 28.12.2022      

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi ijrosini bajarilishini ta’minlash maqsadida, mahallalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

“Bir ziyoli – bir mahallaga maʼnaviy homiy” tamoyili asosida har bir mahallaga professor-o‘qituvchi va taniqli ziyolilar biriktirilishi jamiyatimizda ustozlarga bo’lgak yuksak ishonchning na’munasidir.

Shu munosabat Farg‘ona davlat universiteti Matematika-informatika fakulteti jamoasi tomonidan fakultetga biriktirilgan Oltiariq tumani «Yangiturmush» mahalla fuqarolar yig’ini o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashaydigan keksalarni maʼnaviy-ruhiy hamda psixologik qo‘llab-quvvatlash maqsadida, “Bog‘i eram” ko’chasi 11-uyda yashovchi Gavhar Toshmatova va “Bog‘i eram” ko’chasi 24-uyda yashovchi Madayev Xasanboy xonadonlarida bo’ldilar va ularga moddiy - ma’naviy hamda psixologik ko’mak berdilar, dildan suhbatlashdilar.