Farg’ona davlat universitetining Chet tillari fakulteti nemis va fransuz tillari kafedrasi o'qituvchisi - Axtyamov Azizboy Erkinboyevichning 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo’yicha "Reklama matnlarining o'zbek, rus va nemis tillari misolidagi pragmalingvistik tahlili" mavzusidagi filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi Farg'ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.FIL.05.02 raqamli Ilmiy kengashda 100% ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qilindi.