Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 446
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

“O’ZBEK YIGITI – MUSTAQILLIK POSBONI!”

16:00, 29.12.2022      

Talaba-yoshlarning harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini oshirish va faollashtirish, bu boradagi ta’lim-tarbiyaviy ishlarga mamlakatimiz fuqarolarini yanada faol jalb etish va yoshlar ongiga vatanparvarlik g’oyalarini singdirish maqsadida “Vatanparvarlik” oyligi doirasida

Farg’ona davlar universitetining Pedagogika-psixologiya fakultetida “O’zbek yigiti - mustaqillik posboni!” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda fakultet rahbariyati, Sharqiy harbiy okrugi 52788 harbiy qism podpolkovnigi Tillavov Temur Kamiljonovich, podpolkovnigi Xamdamov Dilshod Abdurahmonovich, Katta leytinant A’zimov Davron Xabibullayevich, Kichik leytinant Turdiyev Botir Xasanboyevich ishtirok etdilar.

Muloqot davomida, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida tashkil etilayotgan ta’lim yo’nalishlari, “Psixologiya (harbiy psixologi)” ta’lim yo’nalishiga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish tartibi va respublikamizda harbiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar to’g’risidagi masalalarga to’xtalib o’tdilar.

Shuningdek, tadbir so’nggida, Harbiy havo desantchilar o’quv mashg’ulotlariga oid lavhalar ham namoish etildi.