Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan “Yil sarhisobi”ga bag‘ishlangan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Farg‘ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov ishtirok etib, erishgan yutuqlari orqali shahrimiz sha’nini yuksakka ko‘tarishga qo‘shgan hissalari uchun shahar faollari va yoshlariga o‘z minnatdorchiligini bildirib, ularni erishgan yutuqlari bilan samimiy muborakbod etdi.
Tadbirda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, mamlakatimiz hamda shahrimiz mavqeini ko'tarishga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan faol yoshlar taqdirlandilar.
Agentlik shahar bo‘limining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijasiga ko‘ra, Farg’ona davlat universitetining Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi mutaxassisligi 2-bosqich magistri
IKROMOV DILYORBEK ISLOMJON O’G’LI - "YIL TALABASI" nominatsiyasi bo'yicha 1-o'rinni egallab,
Farg‘ona shahar hokimining tashakkurnoma va faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.