O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O'zbekiston xalqiga yo'llagan Murojaatnomasi mamlakat fuqarolari katta umid va ishonch bilan kutadigan yirik siyosiy, an’anaviy tadbirga aylanib ulgurdi.
Shu sababli ham aholi vakillari ushbu murojaatni jon quloqlari bilan tinglab, mushohada qilmoqdalar.
Farg’ona davlat universitetining Tarix fakultetida Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga yo'llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini o'rganish va keng targ'ib qilish maqsadida jamoa a'zolari ishtirokida o'quv-seminari tashkil etildi.