Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

DOKTORANTLAR BILAN UCHRASHUV

11:20, 06.01.2023      

Farg’ona davlat universitetida doktorantura bosqichida ta’lim olayotgan doktorantlar hamda mustaqil ish olib borayotgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Ochiq muloqot tarzida o’tgan mazkur uchrashuvda ishtirokchilar oliy ta’limdan keying ta’limda amalga oshirilayotgan o’zgarishlar, qonunchilik yangiliklari, tizimda yaratilayotgan shart-sharoitlar, imtiyozlar, imkoniyatlar, shuningdek doktorantlarni qiziqtirayotgan ilmiy yo’nalishlar to’g’risida batafsil ma’lumotlar oldilar.

Bunda universitet rahbari doktorantlarning asosiy vazifalari, maqsad –yo’nalishalari bo’yicha tushunchalar berar ekan, yoshlarning taklif va fikrlari bilan qiziqdi. Muloqot davomida ilmiy salohiyatni ro’yobga chiqarish borasida zarur tavsiyalar berib borildi.