Ayni kunlarda mamlakatimizda havo haroratining keskin pasayishi davrida aholi oʻrtasida, ayniqsa taʼlim tashkilotlarida mavsumiy gripp kasalligining keskin koʻpayishining oldini olish maqsadida, Oliy ta’lim muassasalarida qishki ta’tilning uzaytirilganligi sababli talabalar turar joylarida yashab kelayotgan talabalarga yaratilgan shart-sharoitlarni o’rganish vata’til davrida talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishgaqaratilgan ishlar samaradorligi kuchaytirilmoqda.
Xususan, Farg’ona davlat universitetida bu borada zarur chora – tadbirlar ko’rilmoqda. Universitetda oliygoh rahbari va fakultetlar dekanlari ishtirokida mazkur masalalar ijrosiga qaratilgan yig’ilish bo’lib o’tdi.
Yig’ilishda ta’tildagi talabalarning bo’sh vaqtlari mazmunli tashkillash, ular o’rtasida ijtimiy tarmoqlarda qiziqarli vebinarlar, oliy ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan o'zgarishlarga shaxsiy munosabatini, tahliliy qarashlarini shakllantirish maqsadida turli insholar tanlovlari o’tkazish, professor-o’qituvchilar ishtirokida Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlisga hamda xalqimizga yo’llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyati yuzasidan muloqotlar olib borish, yosh tadqiqotchilarga dissertatsiyalar yozish borasida ilmiy-seminarlar o’tash kabi muhim masalalar kun tartibida bo’ldi.
Shuningdek, ijara xonadonlari hamda talabalar turar joylarini muntazam o’rganib boruvchi navbatchilik guruhlarni tashkillash, ta’til davrida bu yerda yashab kelayotgan talabalarga yaratilgan shart- sharoitlarni doimiy monitoring qilib borish, ularni tartib-intizomi hamda sanitariya- gigiyena talablariga qat’iy rioya qilishlarini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar qatlami bilan ishlash, bu borada tyutorlar faolligini kuchaytirish masalalari ham alohida ta’kidlab o’tildi.