Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 446
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

MUROJAATNOMA – PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA FAKULTETI JAMOASI NIGOHIDA

14:19, 09.01.2023      

Farg’ona davlat universitetining Pedagogika-psixologiya fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini o'rganishga bag'ishlangan o'quv-seminari tashkil etildi. Ushbu o’quv-seminarda fakultetning professor-o’qituvchilari qatnashdilar.

Mazkur o’quv-seminarda, so’nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar davlat siyosatining eng muhim va ustuvor darajasiga ko’tarilganligi, ta’lim tizimini isloh etish jarayonida o’qituvchi kasbi nufuzini oshirish, dunyo miqyosida keskin raqobatga bardosh bera oladigan “Milliy talim tizimi”ni yaratish, ta’lim maskanlarining moddiy texnik bazasini va kadrlar salohiyatini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani to’g’risida mulohazalar professor-o’qituvchilarning e’tiborida bo’ldi.