Farg'ona davlat universitetida Viloyat "Oqila ayollar harakati" a'zolari tomonidan yil avvalida ta'sis yig'ilishi o'tkazildi.
"Oqila ayollar" harakati zimmasiga katta vazifalar yuklatildi, bu vazifalar jamiyatda yangi ma'naviy makon yaratish, ezgu g'oyalar, milliy qadriyatlar, urf- odatlarva an'analarni singdirish, targ'ibot ishlarini olib borishdan iborat.
Yil avvalida viloyat “Oqila ayollar” harakati yillik dasturni muhokama etar ekanlar, avval etiborni Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlisga va O’zbekiston xalqigayo’llagan Murojaatnomada qayd etilgan, “aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib etish, faol turmush tarziga aylantirish, maqsadlarimizga erishishga asosiy omildir” iboralarini yig’ilishning bosh maqsadi deb belgiladilar.
Bugun mahallalarda oilalarni mustahkamlash, farzandlar tarbiyasida ota-onalarning ma’suliyatini oshirish , ibratli ota va ona bo’lishning ahamiyati, tarbiya berishda ma’rifatli onalarning ahamiyatining muhimligini “Oqila ayollar” harakati qo’lga olmoqdalar.