Farg'ona davlat univеrsitеtida O'zbеkiston Rеspublikasi Notarial palatasi Viloyat hududiy boshqarmasi va oliygoh o'rtasida yuridik kadrlarni tayyorlash borasida o'zaro hamkorlik mеmorandumi imzolandi.
Maʼlumki, mamlakatimizda sifatli taʼlim va uning uzviyligi, bilim va isteʼdodni ragʼbatlantirish, shuningdek, ilm-fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini taʼminlash tamoyillariga tayangan holda, yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlashga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan bu borada Fargʼona davlat universitetida Oʼzbekiston Respublikasi Notarial palatasi Viloyat hududiy boshqarmasi va oliygoh oʼrtasida yuridik kadrlarni tayyorlash borasida oʼzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur hamkorlikdan yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlikni rivojlantirish, talabalarning nazariy va amaliy tayyorgarligi oʼrtasida oʼzaro aloqani taʼminlash, ularda amaliy ishda zarur boʼlgan koʼnikmalarni shakllantirish kabi oliy maqsadlar koʼzlangan.
Endilikda memorandumga koʼra, hamkorlik faoliyati doirasida talabalarni Palata faoliyatiga keng jalb etish, palatada seminarlar, konferentsiyalar, davra suhbatlari, tanlovlar, ochiq eshiklar kunlarini muntazam ravishda oʼtkazish, Palata va notarial idoralarda ishlash istagini bildirgan bakalavriyat va magistratura bosqichi talabalarini Palataning tarkibiy boʼlinmalariga ishga tavsiya etish hamda boʼsh ish oʼrinlari yarmarkalarini olib borish, Palata huzurida “Boʼlajak notariuslar klubi”ni ochish, yuridik kadrlarni tayyorlash borasida horijiy mamlakatlarning tajribasini oʼrganish ishlari tashkil etiladi.