Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

​FAXRIYLAR DOIMO E’ZOZDA

18:20, 19.01.2023      


Keksalik – inson umrining donishmandlik pallasi. Chunki umrning bu dovoniga yetib kelgunga qadar kishi ne-ne sir-sinoatlarni anglab yetadi, hayotning achchiq-chuchugini totib ko‘radi. “Qarisi bor uyning parisi bor” hikmatining mazmuni ham shunga ishora.

Ayni kunlarda, Farg’ona davlat universitetining Chet tillari fakulteti jamoasi ko’p yillar oliygohda faoliyat ko'rsatib, hozirda nafaqada bo‘lgan faxriy ustozlar holidan xabar oldilar. Doimo shogirdlar ardog’ida bo’lgan ustozlar, Muhtaram Yurtimizning ta’limga qaratilgan alohida e’tiboridan minnatdorlik tuyg’ularini izhor qildilar.