Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​XUSHXABAR!

12:06, 26.01.2023      

Farg'ona davlat universiteti 01.01.02-differensial tenglamalar va matematik-fizika ixtisosligi 3-bosqich tayanch doktoranti Azizov Muzaffar Sulaymonovich V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti huzuridagi Matematika fani va ta'limini rivojlantirishni qo'llab quvvatlash jamg'armasi tomonidan e'lon qilingan Akademik T.A.Sarimsoqov nomli stipendiya tanlovining 2023-yil bo'yicha g'olibi bo'ldi.

Ushbu stipendiya, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ - 4708- sonli qarori asosida Matematika instituti huzuridagi Matematika fani va ta’limini rivojlantirishni qo’llab – quvvatlash jamg’armasi tomonidan, ta’sis etilgan bo’lib, unda Matematika yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalar, magistrlar va doktorantlar uchun tayinlanadi.