Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

​KEKSALARNI E’ZOZLAB

17:51, 26.01.2023      

Keksa avlod vakillarini qadrlash, hurmatlash, ularga ehtirom ko'rsatish xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azaliy qadriyatlarimizdan biridir. Yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash maqsadida, Farg’ona davlat universitetining Harbiy ta'lim fakulteti Yoshlar ittifoqi kengashi "Jasorat" klubi a'zolari tashabbusi bilan tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda, Yoshlar ittifoqi kengashi boshchiligida harbiy hizmatni oʻtab qaytgan va qoʻmondonlik tavsiyanomasiga ega boʻlgan talabalar bilan birgalikda ishtirokida, qishning sovuq kunlarida o’zgalar ko’magiga muhtoj bo’lgan "Navro'z" mahallasida istiqomat qilayotgan keksalar holidan xabar oldilar.