Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA KENGASH YIG’ILISHI

15:55, 27.01.2023      


Joriy yilni «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb nomlanishi eng avvalo ta’lim sohasi xodimlariga juda katta mas’uliyat yuklaydi. Qolaversa, bu tashabbus ta’lim sohasi hayotimizda eng nufuzli o‘rinni egallashi uchun beqiyos imkoniyatdir. Zero dars sifati – tom ma’noda jamiyat hayoti mazmuniga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi.Aynan ushbu masalalar Farg‘ona davlat universitetida bo‘lib o‘tgan Kengash yig‘ilishida muhokama markazida bo‘ldi.

Yig‘ilish avvalida ilmiy yutuqlar va yuksak darajalarga erishgan professor-o‘qituvchilar, shuningdek, o‘z iqtidori va bilimi, egallayotgan marralari bilan tengdoshlariga o‘rnak ko‘rsatayotgan talaba-yoshlar munosib taqdirlandilar.

Kengash yig’ilishi kun tartibidan o’rin olgan – yo‘riqnoma hujjatlar ijrosi, talaba-yoshlar o‘rtasida yot g‘oyalar tarqalishining oldini olish, vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar, kafedralarda xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan memorandumlar ijrosi holati, 2023 yilda ta’lim sifati vareyting ko‘rsatkichlarini oshirishdagi asosiy vazifalar chuqur tahlil etildi.

Shuningdek, turli tashkiliy masalalar doirasida universitetning 2023-yil uchun biznes rejasi, daromadlar va harajatlar parametrlari, korrupsiyaga oid jinoyatlarning oldini olishdagi asosiy vazifalar, ijro intizomini mustahkamlash va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasidagi faoliyat tahlili, Ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchilarga ustamalar belgilash, dissertatsiya mavzularini tasdiqlash kabi muhim masalalar atroflicha ko’rib chiqildi.