Ma’lumki, Farg’onada bo’lib o’tayotgan "Hokim kubogi 2023" musobaqalari qizg’in tus olmoqda. G’alabalar ketma-ketligida olg’a to’p surayotgan Farg’ona davlat universitetining “FarDU” jamoasi 2-tur o’yinlarida Yaypanning “Turon U-21” jamoasiga qarshi maydonga tushib ishonchli tarzda g'alaba qozondi.
Mazkur g'alaba orqali jamoamiz muddatidan avval chorak finalga yo'l oldi. Keyingi uchrashuvni vakillarimiz 30-yanvar Tojikiston Respublikasi superligasi vakili nomdor "Hujand" klubiga qarshi o'tkazadi.
"Turon U-21" 1-3 "FarDU"