So‘nggi yillarda ta’lim sohasidagi mamlakatlararo aloqalar tez sur’atlarda o‘sib bormoqda. Ayniqsa, yurtimizda oliy ta’lim tizimini yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarish, xalqaro oliy ta’lim yutuqlarini o‘zlashtirish va ta’lim sifatini dunyo standartlari darajasiga olib chiqishga erishish yo‘lida dadil qadamlar qo‘yildi. Endilikda ushbu yo’nalish o’z taraqqiyot bosqichida o’zgarib, oliy ta’lim muassasalari xorij bilan turli manfaatli loyihalarni, shuningdek, biznes hamkorlikni ham amalga oshirmoqda.
Jumladan, shunday hamkorlik doirasida Farg’ona davlat universitetiga Koreya Respublikasi investori, “Young IN SN” kompaniyasiningloyihalarni qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig’i Ah-Ra Woo tashrif buyurdi.
Muzokaralarda hamkorlar oliygoh rahbariyati bilan kelgusida universitetda eng zamonaviy uslubda jihozlangan ilmiy- amaliy va laboratoriya binosini tashkil etish bo’yicha bir qator masalalarni kelishib oldilar. Muloqot davomida hamkorlarimiz tomonidan kompaniya faoliyatiga oid taqdimot namoyish etildi.
Uchrashuv so’ngida mehmonlar oliygohning "Qatag'on qurbonlari" muzеyiga hamda viloyatimizning diqqatga sazovor maskanlariga sayohat qildilar.
Bunday kelishuvlar albatta universitetda ta’lim sifatini yanada oshirish va talaba-yoshlarning munosib sharoitlarda o’quv-tajriba ishlarini olib borishlariga qulay imkoniyat yaratadi.