Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 540 YILLIGI ARAFASIDA

18:40, 31.01.2023      

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvarda qabul qilingan "Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to'g'risida"gi Farmoni ijrosini ta'minlash doirasida hududlarda munosib hozirlik ko’rilmoqda.

Buyuk ajdodimiz asarlarining milliy va umuminsoniy mohiyatini, uning yosh avlodimiz intellektual va ma'naviy salohiyatini oshirish, farzandlarimizni shu asosda Yangi O'zbekiston bunyodkorlari etib tarbiyalash borasidagi ulkan o'rni va ta'sirini inobatga olib, Bobur Mirzoning ilmiy va ijodiy merosini mamlakatimiz va xalqaro miqyosda yanada chuqur o'rganish va targ'ib etish maqsadida Respublikamizning Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti ham tashviqot ishlarini jadal olib bormoqda.

Xususan, Farg’ona davlat universitetiga mazkur institutning filologiya fanlari doktori Gulnoza Jurayeva tashrif buyurib, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash bo’yicha tashkil etilayotgan ishlar bilan tanishdi. Uchrashuv davomida Filologiya fakulteti jamoasi bilan ochiq muloqot olib borildi hamda muhim chora-tadbirlar yuzasidan fikr-mulozalar almashdilar.