Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​XUSHXABAR!

18:58, 31.01.2023      

Yosh olimlar va talabalarga dunyo amaliyotidagi ilg‘or ilmiy-tadqiqot usullarini va zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishlari uchun va zamonaviy innovatsion infratuzilma va qulay sharoitlarni yaratish maqsadida tashkil etilganO‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahar Ilg‘or tadqiqotlar ilmiy markazining 2023-yil 13-yanvardagi 03-sonli buyrug‘iga asosan navbatdagi Xalqaro ilmiy forum bo’lib o’tdi.

Mazkur forumda Farg’ona davlat universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish: O‘zbek tili yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Saodatxon Qo‘ziboyeva faol ishtirok etdi va o'zining "Ma'naviy taraqqiyotni ta'minlashda lingvopoetikaning ahamiyati" mavzusida yozgan ilmiy maqolasi uchun Ilg‘or tadqiqotlar ilmiy markazining diplom va ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Talabalarimizning bu kabi yutuqlari oliygoh yoshlariga katta motivatsiya vazifasini o’tab, kun sayin iqtidorli yoshlarimizning saflari kengaymoqda.