Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​IJODIY ZAFARLAR

19:02, 31.01.2023      


"BUVAMNING OSHQOZONIDAGI MAMLAKAT" – yosh ijodkor Qobiljon Shermatov o’zining yangi asarini aynan shunday atagan. Kitobning ana shunday nomlanishi noodatiyligi bilan bolalarning va hatto kattalarning ham qiziqishini uyg’otadi. Nuqtai nazarni o’zgartirish orqali inson fikrini qanchalar o’zgartirsa bo’ladi? Muallif go’yo shu savollar bo’yicha fikr-mulohazalar yuritishga intilgandek. O’quvchi esa kitobni varaqlaydiyu, “Oshqozon”, “Yurak” shaharlariga sho’ng’ib ketadi. Sababi asarning qahramonlari Bahriyor va Bahodirlarning sarguzashtlari oshqozon va yurakda kechadi. Ikki qismda chop etilgan ushbu asardagi voqealar bolalarga hayotning oq va qora chiziqlarini bolalarcha ko’rsatib, ularni ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyatini ochib beradi.

Farg’ona davlat universiteti Filologiya fakultetiningbitiruvchisi Qobiljon Shermatovning asarlari magistr talabalarning ilmiy ish mavzusiga aylanib ulgurdi.

Eng quvonarlisi shundaki, 2022-yilning "Yil kitobi" deb topilgan ushbu asar bugun maktab darsligidan o'rin oldi.