Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​“KITOBXON YOSHLAR” ONLAYN TANLOVI G’OLIBLARI

13:00, 02.02.2023      

Ma’lumki, talabalarning qishki ta’tildagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi tomonidan “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlovi e’lon qilingan edi.

Mazkur tanlov shartlari hech bir kitobxonni befarq qoldirmadi desak, adashmagan bo’lamiz. Xususan, universitetimiz talaba-yoshlarining ham e’tiborida bo’ldi. Ushbu tanlovning yakuniy natijalari bo’yicha g’oliblar aniqlanib e’lon qilindi.

Nizomga ko‘ra tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliginingdiplom,sertifikatva turli miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar. Quvonarlisi shundaki, taqdirlanganlar orasida Farg’ona davlat universitetining talabalari:

- Dilnoza Qozixonova 3-o’rin;

- Baxtiyorjon Abduraxmonov 4-o’rin;

- Gulnozaxon Qozixonova 5-o’rinlarni band qildilaR.

Shuningdek, talabalarning ijodiy yo‘nalishdagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, tanlovga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, iste’dod va iqtidorlarini rag‘batlantirish hamda “Yil talabasi-2022” respublika tanlovidagi faolligi uchun Farg’ona davlat universiteti talabasi – Odinaxon Sharipova Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlashga tavsiya etildi.