Donolar, “Ma’rifat – saodat kaliti” deganlar. Mamlakatimizda ta’limga, ma’naviyatga qaratilayotgan katta e’tibor ertangi kunimizning yanada yaxshiroq bo’lishini ta’minlashga xizmat qiladi. Bugun, taraqqiy etayotgan jamiyatni ilm-fan texnologiyalarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Rivojlanishning o’sib borishi esa mamlakatdagi kadrlar salohiyatining barqarorligi bilan belgilanadi.
Andijon davlat universiteti huzuridagi falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi PhD.03.30.06.2020.Fal.60.04 raqamli ilmiy Kengashning navbatdagi majlisida Farg’ona davlat universitetining Tarix fakulteti, Sotsiologiya kafedrasi o’qituvchisi Nurmatova Iroda Akramdjonovnaning 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha “Jamiyat ma'naviy muhitini barqarorlashtirishda axloqiy meyorlashtirish texnologiyalari” mavzusidagi falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.