Dunyo ranglarga to‘la. Ular tabiiy bo‘ladimi, sun’iy bo‘ladimi, atrof-muhit bilan hamohanglikda betakror manzaralar yaratishga qodir.
Farg’ona davlat universitetining San'atshunoslik fakultetida bo’lib o’tgan “Ranglar jilosi” ko’rik-tanlovda ham maftunkor ranglar ostida rang-barang tasvirlar paydo bo’ldi. Tanlovda ishtirok etgan fakultetning Dastgohlik, rangtasvir yo'nalishi talabalari - yoshlarning ichki kechinmalari, shaxsiy fazilatlari, hayolot dunyosi, tasavvur olamini aniqlash bilan birga isteʼdodlarning ijodiy ishlari saralandi.
Tanlov so’ngida hakamlar tomonidan ijodiy ishlar tahlil qilinar ekan, talabalar yaratgan hayot chizgilarida yoshlikka xos vatanparvarlik, kuch, shijoat, g’ozallik, sahovat, mehr, oqibat, mardlik kabi ezgu fazilatlarni gavdalanganligining guvohi bo’ldilar.
G’oliblar fakultet rahbariyatining turli nominatsiyalar bo’yicha taqdirlandilar.