El-yurtimiz taqdiriga daxldor bo’lgan tarixiy adolatni tiklash, xalqimiz va millatimizning yorqin o’tmishdagi yopiq sahifalarni ochib berish, shu tarixdan saboq chiqarib, bugungi va kelajak hayotimizni ongli qarashni shakllantirish, begunoh qurbon bo’lgan insonlar xotirasini abadiylashtirish biz uchun ham qarz, ham farz.
Qatag`on qurbonlari merosini yanada chuqur o`rganish va ularning xotirasini abadiylashtirish maqsadida Farg’ona davlat universiteti tuzilmasidagi "Qatag`on qurbonlari" xotirasi muzeyi hamda talabalar tomonidan vatanparvar, jadid, millat fidoyisi Usmon Nosir hayoti va faoliyatiga bag`ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda talabalar tomonidan shoir hayotiga oid spektakl namoyish etildi.