Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​ILMIY XABARLAR

14:47, 08.02.2023      

Ajdodlarimiz madaniy va ma’naviy merosi yosh avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o‘rinda Abu Nasr Forobiy, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Hisrav Dehlaviy, Abu Hamid G‘azzoliy, Kaykovus, Shayx Sa’diy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa Sharq va G‘arb donishmandlarining boy meroslarida farzandlarni tarbiyalash va kamolotga etkazish asosiy muammo sifatida targ‘ib qilingan.

Ular so‘zni va nutqni ta’lim-tarbiyada hikmat deb bilishgan tarbiyada so‘zdan kuchliroq va qudratliroq narsa yo‘qligini ta’kidlaganlar.

Farg’ona davlat universitetida bo’lib o’tgan ilmiy seminar mavzusi ham bugunning dolzarb masalalaridan biri bo’lgan Sharqona tarbiya masalalari muhokama etildi.

Seminarda Sirtqi ta'lim boʻlimi, Ijtimoiy-gumanitar fanlarikafedrasi dotsenti Xolmatova Zulfiya Tillavoldiyevnaning 13.00.01- Pedagogika nazariyasi.Pedagogik taʼlimotlar tarixi ixtisosligi bo'yicha "Oʻquvchilarda sharqona tarbiyani shakllantirishda genderli yondashuvning ilmiy-pedagogik asoslari'' mavzusidagi pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining ilmiy seminari bo'lib o'tdi.

Bu kabi ilmiy izlanishlar jamiyatimiz kelajagi bo’lgan yosh avlod tarbiyasida o’zining ijobiy natijalarini ko’rsatishiga ishonamiz.