Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​ILMIY XABARLAR

14:52, 08.02.2023      

O'zbek tilining davlat tili sifatida amaliyotga to'la tatbiq qilinishida lug'atlarning xizmati juda jiddiy. Shu jihatdan lug'atlarning yangi avlodlarini yaratish davlatning til bilan bog'liq tadqiqotlarni rivojlantirish alohida o'rin tutadi.

Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakulteti Tilshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi Abduvahobov G‘iyosiddin G‘ayratjon o‘g‘lining 10.00.11 - Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha "Yangi avlod omonimlar o‘quv lug‘ati mobil ilovasini yaratishning lingvistik asoslari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi.

Bugungi globallashuv davrida O'zbekistonda davlat tilining ijtimoiy ahamiyatini oshirish, uni doimiy rivojlantirib borish, fuqarolarning o'zbek tilidan ham ona tili, ham davlat tili sifatida foydalanish doiralarini kengaytirishdek muammolar kundan-kun dolzarblashmoqda. O’zbek xalq tilidagi mavjud so'zlarning ma'nolari bilan tanishtirish hamda savodxonligini oshirishda bunday ilmiy izlanishlarning xizmati katta.