Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​FARG‘ONA DAVLAT UNIVЕRSITЕTI HAMDA TOJIKISTON OLIY TA’LIM MUASSASALARI HAMKORLIGIDA YANGI ISTIQBOLLAR

13:30, 09.02.2023      

Ayni kunlarda viloyatimizda bo'lib turgan Tojikiston Respublikasining O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Abdujabbor RahmonzodaFarg'ona davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Elchi janoblarini samimiy qarshi olgan oliygoh rahbari boshchiligidagi jamoa ushbu tashrifni mamnuniyat bilan qabul qildi.

Uchrashuv avvalida mexmonlar universitetning "Qatag'on qurbonlari" muzeyida bo'ldilar.

Qadim ildizlari bir bo'lgan ikki jondosh xalqning o'tmishidan qolgan tarixiy hujjatlar va esdaliklar, O'rta Osiyoda taniqli nom qoldirgan ma'rifatparvarlar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

O'zaro muloqot chog'ida O'zbekiston va Tojikiston oliygohlari o'rtasidagi hamkorlik, FarDU bilan olib boriladigan kelgusi aloqalar, memorandumlar xususida so'z bordi. Mehmonlarga hamroxlik qilayotgan viloyat hokimi o'rinbosari Xatamov Jamshedjon Muxtorovich viloyatda oliy ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan o'zgarishlarni tanishtirib o'tdi.

Shuningdek, ilm-fan, o'quv-tajriba, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish borasida mulohazalar almashildi. Elchi Abdujabbor Rahmonzoda o'z so'zida oliygoh bilan mustahkam aloqalarning rivojlanishi har ikki tomonning ilm ahli, yoshlari uchun manfaatli ekanini ta'kidladi.

Farg'ona davlat universitetida ta'lim olayotgan tojikzabon talabalar bilan dildan suhbat qurdi. Talabalarning takliflari, qiziqishlari va tabriklari tinglandi. Elchi janoblari yoshlarning puxta bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni alohida e'tirof etdi.

U ikki xalqning do'stligi abadiy ekanini ta'kidlar ekan, oliy ta'lim tizimida olib borilayotgan xalqaro aloqalar yangi bosqichga ko'tarilib borayotganini qayd etdi. Shuningdek, Dushanbeda o'tkazilishi rejalashtirilayotgan oliy ta'lim muassasalari xalqaro forumiga taklif qildi.

Uchrashuvda Tojikiston elchixonasining savdo masalalari bo'yicha vakili Shaxboz Shoyev ham ishtirok etdi.