Talabalar-yoshlar o‘rtasida atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng targ‘ib qilish, ularning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish, ularga o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ishlar agentligi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Ma’rifat maydoni” respublika tanlovining hududiy bosqichlari davom etmoqda!
Tanlovda har bir jamoa 3 ta: “Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob”, “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” deb nomlangan shartlar bo‘yicha bellashmoqdalar.
Farg’ona viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvda Farg’ona davlat universitetining “Sarbon” jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.