Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

NAVOIYNI YOD ETIB...

17:21, 09.02.2023      

Alisher Navoiy xalqimiz ma‘naviy dunyosining shakllanishiga katta ta‘sir ko‘rsatib kelgan buyuk siymolardan biridir. Bugungi kunda yoshlar qalbida milliy g‘urur, o‘zlikni anglash, go‘zallik va nafosatga shaydolik tuyg‘ularini kamol toptirishda Navoiy asarlari muhim manba bo‘la oladi.

Farg’ona davlat universitetining Sirtqi ta'lim bo'limi, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi talaba-yoshlari tomonidan tashkillangan Alisher Navoiy 582 yilligiga bag’ishlangan tadbirda ham ulug‘ san‘atkor asarlari mohiyatiga singdirilgan insonparvarlik, xalqparvarlik, adolat, haqiqat, imon-e‘tiqod yetukligi,
shukronalik, sabr-qanoat, kelajakka umidvorlik singari g‘oyalar barcha davrlarda ham insoniyat ma‘naviy kamoloti uchun muhim tayanch vazifasini o’tab kelayotganligi to’g’risidagi mulohazalar tinglandi.