Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FARG’ONADA ALISHER NAVOIY TAVALLUDINING 582 YILLIGI KO’TARINKILIK BILAN NISHONLANMOQDA

17:23, 09.02.2023      

Alisher Navoiy xalqimiz ma‘naviy dunyosining shakllanishiga katta ta‘sir ko‘rsatgan buyuk siymolardan biridir.

Bugun so’z mulkining sultoni, shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan Farg‘ona shahridagi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, Farg'ona davlat universiteti jamoasi, adabiyotshunos olimlar, ziyolilar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov yig‘ilganlarni hazrat Navoiy tavalludi bayrami bilan qutlab, ulug‘ bobokalonimizning ijtimoiy-siyosiy hayotiga, uning asarlaridagi ma’naviy-tarbiyaviy jihatlariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shoir ijodiga bag’ishlangan dilbar taronalar ishtirokchilarga ma’naviy estetik zavq bag’ishladi.