Alisher Navoiy o'zbek klassik adabiyotining barcha taraqqiyot bosqichlarida ustoz shoir va xalqning benihoya katta hurmati va muhabbatiga sazovor bo'lgan so'z san'atkori hisoblanadi. Bu ulug' san'atkorning asarlari turli davrlarning xattotlari tomonidan zo'r ehtirom va muhabbat bilan ko'chirildi, rassomlarning naqshi va suratlari bilan ziynatlandi. Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakultetida bo’lib o’tgan ilmiy seminarda ham Navoiy timsolini lirik va epik asarlarda tarixiy shaxs sifatida keltirilishiga guvoh bo’lishingiz mumkin.
Adabiyotshunoslik kafedrasi tayanch doktoranti Yusupova Madinaxon Egamberdi qizining 10.00.02 - O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha “Tarixiy shaxslarning lirik va epik talqini ( Navoiy obrazi misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi.