Buyuk mutafakkir, ulug’ davlat arbobi va qalamda tengsiz shoir,
M.Shayxzoda ta’biri bilan aytganda, G’azal mulkining sultoni bo’lgan Hazrat
Alisher Navoiy haqida asrlar osha millionlab asarlar yozilgan, ijodi tadqiq qilingan
va hamon o’rganilmoqda. Navoiy ijodi misli ummondir, ahli ulamo esa shu ummondan hanuzgacha gavhar termoqdalar.
Farg’ona davlat universitetining Fizika-texnika fakultetida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag’ishlab tashkillangan g’azalxonlik kechasida ham qalbi she’riyatga oshno talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Unda shoir ijodiga oid rang-barang g’azal va ruboiylardan na’munalar tinglandi. Talabalar tomonidan sahnalashtirilgan XV asr ijodiy muhitini aks ettirgan sahna ko’rinishlarini namoyish etdilar.