Turkiy xalqlarning “shamsul millati” bo’lgan Nizomiddin Mir Alishеr Navoiy jahon adabiyoti xazinasini o’zining hassos shе'riyati, buyuk “Xamsa”si, fan sohalarining turli tarmoqlariga bag’ishlangan boy ilmiy mеrosi bilan boyitgan so’z san'atkoridir. Besh asrdan ortiq vaqt o’tsada buyuk shoir yaratgan asarlar o’z jilosini yo’qotgani yo’q.
Xususan, kursantlarga Navoiy ijodida vatanparvarlik g’oyalarini o’rgatish maqsadida Harbiy ta’lim fakultetida Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligiga bag‘ishlangan “Navoiy ijodida Vatan madhi” mavzusida insholar tanlovi o’tkazildi. Tanlovda na’munali deb topilgan insholar sohiblari fakultet rahbariyatining esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Yakuniy natijalarga ko’ra,
- 2-bosqich 21.103-guruh kursanti S. Ubaydullayev – 1-o‘rin;
-1-bosqich 22.122-guruh kursanti N.Qayumov – 2-o’rin;
-1-bosqich 22.125 guruh kursanti X.Xalimjonov – 3-o‘rinni egalladi.