Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

“NAVOIYXONLIK” TADBIRLARI

15:34, 11.02.2023      

Dunyoda Alishеr Navoiy kabi asarlari kеng tarqalgan, jahonning dеyarli har bir chеkkasida kitoblarining nusxalari saqlanayotgan boshqa bir ijodkorni topish qiyin. Navoiy hayotining so’nggi yillaridayoq uning asarlari tiliga lug’at ishlanganligi biz hozir navoiyshunoslik dеb atayotgan sohaning ancha qadimiy ekanligini ko’rsatadi. Navoiy ijodini o’rganish uning hayotlik chog’laridanoq boshlangan o’rganishlar, V asrdan ortiq vaqt o’tsada yakuniga yetgani yo’q, aksincha, bir tadqiqot ikkinchisini kashf etib, Navoiy siymosini qanchalar komil inson ekanini isbotlab kelmoqda.

Farg’ona davlat universitetining 2-sonli Talabalar turar joyida bo’lib o’tgan davra suhbatining mavzusi ham Navoiy hayoti va ijodini o’rganish bo’yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar bilan tanishish xusuusida bo’ldi.

Davra suhbatida Filologiya fakultetining O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchilari, tyutorlari va talabalari ishtirok etdilar. Unda ulug’ mutafakkir, so’z mulkining sultoni Alisher Navoiy boy ma’naviy merosi bo’yicha mulohazalar tinglandi.