Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

HAMKORLIK

15:35, 11.02.2023      

Hazrat Alisher Navoiy tavalludining 582 yillik tavalludiga bag’ishlangan tadbirlar Farg’onaning har bir go’shasida keng nishonlanmoqda. Xususan, Farg‘ona shahridagi imkoniyati cheklangan shaxslar kasb-hunar maktabida ham ko‘tarinki ruhda nishonlandi.

Alisher Navoiyning ijod na’munalari o‘z davrida ham mashhur bo‘lgan. Uning asarlari dunyoning turli davlatlariga choparlar orqali jo‘natilgan, savdo karvonlari kitoblarni uzoq o‘lkalarga ham yetkazgan. Ulug‘ sarkardalar uning devonlarini xos kutubxonalarida asrab-avaylaganlar. Tadbirda Farg’ona davlat universitetining o‘zbek tili yo‘nalishi 3-bosqich talabalari tomonidan shoir hayotiga oid shu kabi sahnalar namoyishi mohirlik bilan ijro etilib badiiy kechaga o’zgacha kayfiyat olib kirdi.