Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

NAVOIYNI YOD ETIB…

15:37, 11.02.2023      

Navoiy shaxsi va ijodiga bo’lgan yuksak hurmat, uning zamondoshlari tomonidan yuksak ehtiromga muyassar bo’lgan. Xususan, ustozi Abdurahmon Jomiy u haqida: “…u panjaki, ganjadan sarpanja urganda Sher kabi oʻz sarpanjasini urdi, turkiy tilda bir ajoyib qoʻshiq kuyladiki, jodu nafaslilar ogʻzi muhrlandi. Bu qalamga falakdan ofarinlar yogʻilsin! Chunki bu yoqimli naqshni oʻsha qalam yaratdi va forsiy til egalari, forscha nazm durlarini tuzuvchilarga rahm qildi: u ham shu forsiy tilda yozganda boshqalarga soʻz aytishga majol qolmasdi. Bu moʻjizakor nazm tarozisi qarshisida Nizomiy kim-u, Xusrav kim boʻldi?

“Navoiyxonlik” tadbirlari doirasida Ingliz tili va adabiyoti fakultetiningtyutorlari va kechki ta'lim talabalari ishtirokida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligimunosabati bilan "Navoiyni yod etib" mavzusida tashkillangan ba’diiy kechada ham Navoiysa berilgan sifatlar haqida talabalar tomonidan mahorat bilan ijro etildi. Unda talabalar o'zlari yod olgan g'azal va ruboiylar, monologlar, kuyu qo'shiqlari bilan ishtirok etdilar.