Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

“JAMIYAT VA MILLATNING XOMIYSI”

15:41, 11.02.2023      

“U (Alisher Navoiy)ning kelib chiqishi baxshilarga borib taqaladi. Otasini “Kichkina baxshi” deyishgan, u saroyda amaldor boʻlgan. Mir Alisher bolalikdan Sulton Husayn mirzo bilan doʻstlashgan. Sulton Husayn mirzo podshoh boʻlgach, Alisher Navoiy uning xizmatiga kelgan, mirzo uni behad qadrlab, gʻamxoʻrliklar koʻrsatgan, Mir Alisher esa xalqqa xuddi shunday gʻamxoʻrlik qilgan”, deya ta’rif beradi, zamondoshlaridan Rashidiy.

Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiyaning Farg'ona mintaqaviy o'quv markazida tashkil etilgan uchrashuvda ham buyuk allomaning davlat boshqaruvidagi faoliyati, jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy rivojlanishidagi ulkan hissasi haqida so’z bordi.

Tadbirda Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakulteti Adabiyotshunoslik kafedrasi o‘qituvchilari ma’ruzalari bilan qatnashdilar.