Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

“NAVOIY IJODIDA KOMIL INGON TARBIYASI”

15:42, 11.02.2023      

Sharq mutafakkirlarining fozil inson, komil inson haqidagi fikrlari, axloq-odob haqidagi g’oyalari bugun ham jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda qimmatli dastur vazifasini bajarmoqda.

Alisher Navoiy o’z davrida komil insonlarni «ahli ma’ni» deb bilgan. «Ahli ma’ni» bu fikrli odamlardir. Fikrsiz kishining ongida ma’ni chuqurligi bo’lmaydi. Fikrlash-haqiqatni anglash, hamma narsa to’g’risida mustaqil mushohada yuritish demakdir. «Ahli ma’ni»lik tufayli axloqiy ong rivojlanadi, odam va olam taqdiriga vijdon bilan qarash qobiliyati shakllanadi. Bu haqida Alisher Navoiy: “Ahli surat”larga shoh bo’lguncha, ma’ni ahli yig’inida gado bo’lmoqliging yuz karra afzaldir”. Shoirning fikricha, «ahli ma’ni» kishilar ma’naviy-axloqiy jihatdan etuk shaxslardir.

Farg’ona davlat universitetining Pedagogika-psixologiya fakulteti Pedagogika kafedrasi tomonidan 1-sonli Talabalar turar joyida Buyuk mutaffakir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan tashkillangan “Alisher Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi" mavzusida adabiy-badiiy kechada ham shoir ijodida komil inson talqini xususida ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi.