Farg’ona davlat universitetining Tarix fakulteti, Falsafa kafedrasi katta o'qituvchisi Toirov Ilxom Yoriyevichning "O'zbekiston sivilizatsion taraqqiyotining o'ziga xos xususiyatlari va tendensiyalari" mavzusidagi falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi Andijon davlat universiteti huzuridagi Ilmiy kengashda 100 foiz ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qilindi.
Ushbu dissertatsiya ishida mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlar, mustaqil O‘zbekistonning rivojlanishida o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlashi, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi, O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi, iqtisodiy islohotlar, ma’naviy va madaniy taraqqiyot, O‘zbekiston va jahon hamjamiyati, yangilanayotgan O‘zbekiston: Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari kabi masalalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan.