Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

ILM FANDA YETAKCHI XOTIN-QIZLAR TAQDIRLANDI

10:52, 11.02.2023      

11 fevral – Ilm-fanda xotin-qizlar ishtiroki xalqaro kuni. Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida nishonlanadigan ushbu sana ayollarning ilmiy-texnologik hamjamiyatda muhim rol o‘ynashini, ilm-fanda ularning ishtirokini kengaytirish zaruratini eslatib turadi.

Mazkur xalqaro sanani keng nishonlash Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2015 yil 22 dekabrdagi rezolyusiyasida qayd etilgan. Ushbu rezolyusiya xotin-qizlarning ilm-fan bilan to‘la va teng huquqli tarzda shug‘ullanishiga erishish, gender tenglikni ta’minlash hamda xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida qabul qilingan.

Ushbu sana munosabati bilan Farg’ona davlat universitetining Tabiiy fanlar fakulteti Xotin-qizlar Kengashi tomonidan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda ilmiy yutuqlarga erishgan professor-o'qituvchi ayollar, endigina o'z ilmiy izlanishlarini olib borayotgan yosh tadqiqotchi talaba-qizlar ishtirok etdilar.

Bunda ustozlarning muvaffaqiyatlari, hayotiy tajribalari va talaba-qizlarga tavsiyalari tinglandi.

Tadbir so'ngida oliygohning ilmiy salohiyatini yanada ortishiga o'z hissasini qo'shib kelayotgan bir guruh xotin-qizlar munosib taqdirlandi.