Talaba-yoshlar bilan olib boriladigan ma’naviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish, ular o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish, turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolishdan asrash, yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar Farg’ona davlat univetsitetining barcha fakultetlari o’rtasida o’tkazib kelinmoqda
Xususan, Chet tillari fakultetida profilaktika kuni doirasida “Tarkibida giyohvandlik vositalari, psixatrop moddalari bo‘lgan, shuningdek, kuchli ta'sir etuvchi predmetlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish”, “Kiberxavfsizlik”, “Odam savdosi - global muammo” mavzulari bo‘yicha targ'ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirga universitetproflaktika inspektori podpolkovnik M.Kamolova qatnashib, talaba-yoshlarga giyohvandlik, psixatrop moddalar va uning salbiy oqibatlari bo‘yicha ma’lumotlar berdi.