Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

“NAVOIYXONLIK” KECHASI

13:07, 09.02.2023      

Ulug‘ mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning boy ma’naviy merosi asrlar osha butun bashariyatni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat ziyosini taratib kelmoqda. Mamlakatimizda ulug‘ bobokalonimizga ehtirom ko‘rsatish, asarlarini o‘rganish, uni dunyoda keng targ‘ib etishga doimiy e’tibor qaratilmoqda.

San'atshunoslik fakultetida o’tkazilgan Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag’ishlangan “Navoiyxonlik” kechasida ham buyuk shoir ijodiga murojaat etdilar.

Kechada talaba-yoshlar tomonidan Navoiy g’azallari va ruboiylariga bastalangan mumtoz navolar ijrosi, she’rxonlik hamda allomaning hayoti va ijodiga bag'ishlangan sahna ko'rinishlari namoish etildi.