Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

BUYUK NAVOIY 582 YOSHDA

13:09, 09.02.2023      

Ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy dunyo adabiyoti tarixida tengi topilmas bir siymo hisoblanadi. Iste’dodining ulug‘vorligiyu teranligi jihatidan ham, xalqparvar davlat arbobi sifatida jamiyatda tutgan yuksak mavqei yuzasidan ham, ilm-fan, madaniyat va san’at, adabiyot ahliga ko‘rsatgan homiyligi jihatidan ham o‘xshashi yo‘q siymo.

Buyuk mutafakkir bobomizning eng muhim maqsadi va asl maslagi inson ko‘nglini obod etishdan iborat bo’lgan. Yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari buyuk ajdodimizning o‘lmas bunyodkorlik g‘oyalari uning avlodlari tomonidan munosib davom ettirilayotganidan dalolatdir.

Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag’ishlangan “Navoiyxonlik” tadbirlari doirasida Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida badiiy-abadiy kecha o‘tkazildi. Tadbirda fakultet jamoasi, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.Bunda buyuk shoir ijodiga oid g‘azallar, kuy va qo‘shiqlar, videorolik namoyish etildi.