Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

“MILLIY QADRIYATLAR – YOT G’OYALARGA QARSHI”

13:10, 10.02.2023      

Yoshlar har bir jamiyatning eng ishongan va muhim qatlami bo’lib, ular mamlakatimizning ishongan tog’lari, kelajagi. Bugun ular qanchalar to’g’ri qadam tashlasalar jamiyat gullarga burkana boshlaydi. Chunki, bu qadamlar yetib borgan har bir go’sha farovonlikka erishib taraqqiy etadi. Yoshlar ongida yot g’oyalarga qarshi milliy mafkurani singdirish, ular qalbiga milliy qadriyatlar va milliy vatanparvarlik hissini kuchaytirish maqsadida, Farg’ona davlat universitetining Matematika-informatika fakultetida “Milliy qadriyatlar - yot gʻoyalarga qarshi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Farg‘ona davlat universiteti profilaktika inspektori kapitan G‘.Mirzayev, fakultet rahbariyati hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

So’zga chiqqanlar, xalqning milliy manfaatlarini o‘zida to‘liq mujassam etgan milliy qadriyatlarimiz, asrlar osha sayqallashib kelayotgan an’anlarimiz xususida so’zlab, o’zining yovuz niyyati bilan millat ongini zaharlamoqchi bo’lgan insonlar aldovlariga uchib, zalolat domiga tushmaslik, mustahkam irodali, sog’lom fikrli yoshlar bo’lishlikka chaqirdilar.