Haqiqiy tabiat sehriga ishonasizmi? 1992-yildan buyon tabiat inomlariga muhabbat qo’ygan va chinakam tabiat zavqini o’zida mujassam etgan “Mehrigiyo” salomatlik tabiat bog’i o’zining 100% tabiiy mahsulotlarini xalqimiz salomatligi uchun tuxfa etib kelmoqda.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligida hayotiy va ilmiy tajribalar o‘zaro muvofiqlashtirilib, yangi-yangi tashabbuslar ilgari surilmoqda.
Ilmiy innovatsiyalarni amaliy tajribalarda qo’llash maqsadida Farg’ona davlat universitetining Uzumchilik, mevachilik va sabzavotchilik qo‘shma fakulteti talabalari Qo‘qon shahrining Uchko‘prik tumanida joylashgan dorivor o‘simliklar yetishtiruvchi "Mehrigiyo" salomatlik klasterida bo’ldilar. U yerda klasterida faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.