Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

BU – BIZNING TALABA!

13:13, 09.02.2023      

«Universiada» musobaqalari yosh avlodni sog‘lom turmush tarzi tamoyillari asosida tarbiyalash, ularning sportga qiziqishini, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini oshirish borasida beqiyos ahamiyat kasb etmoqda.

O‘tgan davr mobaynida bu musobaqalar yoshlarimiz hayotining ajralmas qismiga aylandi hamda ular uchun tajriba va mahorat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu sport o‘yinlarining aniq dastur asosida yurtimizning barcha hududlarida muntazam o‘tkazib kelinayotganligi alohida ahamiyat kasb etayotganligini qayd etish lozim.

Xususan, Namangan viloyatida bo'lib o'tgan Univеrsiada musobaqalarining Respublika final bosqichida shaxmat sport turi bo'yicha Farg’ona davlat universitetining Iqtisodiyot fakultеti, Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo'nalishi, 22-142 guruh talabasi Moxizoda Muxsinova faxrli 2-o'rinni egalladi!