Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 503
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 393
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

USTOZLARGA EHTIROM

13:14, 10.02.2023      

Ustozlarni ulug‘lash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridandir. Bugun O‘zbekistonda ta’lim islohotlarining uzviy qismi bo‘lgan o‘qituvchilar mehnatini rag‘batlantirish, jahonning ko‘plab davlatlari tomonidan yuksak baholanib, boy va ilg‘or ma’rifiy tajriba sifatida o‘rganilmoqda.

Yoshlarimizni vatanga muhabbat, sadoqat, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalayotgan, ustozlik kasbida halol va samarali ish olib borayotgan ilg‘or pedagoglarimizdan Farg’ona davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakulteti, Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti kafedrasi dotsenti Mamajonov Ne’matjon Mamajonovichning pedagogik faoliyati 50 yilligi hamda tavalludining 75 yilligi munosabati bilan kasaba uyushmasi, fakultet professor-o‘qituvchilari jamoasi va talabalari ishtirokida yubiley kechasi tashkillandi.