Joriy yilning 5-10-fevral kunlari respublikamizning barcha hududlarida "Men donorman" xayriya aksiyasi o‘tkazildi. Ko’ngilli fuqarolarmiz ushbu xayriya aksiyasida faol qatnashdilar.
Ishtirokchilarning aksariyati o’rta yosh vakillari va talaba-yoshlarni tashkil etdi. Mehr - oqibat, muruvvat, sahovat kabi milliy qadriyatlarimizni o’zida mujassam etgan xayriya aksiyasi xalqimizning birdamligi va insonparvarligini yana bir bora isbotladi.
“Men donorman” aksiyasi doirasida Viloyatimizda tashkillangan tadbirlarda Farg’ona davlat universiteti Harbiy taʼlim fakultetining Yoshlar ittifoqi JASORAT KLUBI a‘zolari faol ishtirok etdilar.